Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Kotibiyat va deputatlar o‘rtasida muhim uchrashuv tashkil etildi

Kotibiyat va deputatlar o‘rtasida muhim uchrashuv tashkil etildi

Joriy yil 18-mart kuni Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyat mudiri A.Avliyakulov tomonidan mutaxassislarga aniq vazifalar va topshiriqlar belgilab berildi.

Xususan, Kengash faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri, tezkor va mazmunli yoritish, aholiga ishonchli va dolzarb ma’lumotlarni yetkazish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, deputatlar faoliyatini keng targ‘ib qilish, ularning tashabbuslari va amalga oshirayotgan ishlari haqida jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borish muhim ekani qayd etildi.

Yig‘ilish davomida berilgan topshiriqlarni deputatlarga yetkazish masalasi ham alohida ko‘rib chiqildi. Shu maqsadda deputatlar hamda kotibiyat xodimlari ishtirokida alohida uchrashuv tashkil etilib, unda mazkur vazifalar batafsil tushuntirildi.

Mazkur yig‘ilishda kotibiyat mudiri A.Avliyakulov hamda mutaxassislar K.Abdullayeva, T.Murodovlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash samaradorligini oshirish, Kengashning ochiqligi va aholiga yaqinligini ta’minlash yuzasidan takliflar ilgari surdilar.

Ta’kidlanganidek, ushbu chora-tadbirlar deputatlar faoliyatini yanada keng yoritish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda Kengash ishining shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4