Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
AMIR TEMUR MEROSIGA EHTIROM

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti qoshidagi akademik litsey ma’muriyatining taklifiga ko‘ra xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati R.Baltayev buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi. 

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganish va uning ahamiyatini keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda o‘qituvchilar, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. 

Yakunda tadbir ishtirokchilari bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishini, ayniqsa, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol topishlarida katta o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tdilar. 

Shu tariqa, o‘tkazilgan tadbir nafaqat tarixiy sanani nishonlash, balki yosh avlod qalbida milliy iftixor va fidoyilik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 

Slide 1 of 2