Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
“Yurt Obodligi – Mahalladan Boshlanadi”

“Yurt Obodligi – Mahalladan Boshlanadi” 

“Yurt obodligi – avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari Termiz tumanida keng ko‘lamda davom etmoqda. Hashar tadbirlarida mahallalardagi yashil hududlar tartibga keltiriladi, daraxt va butalarga agrotexnik ishlov beriladi, yo‘l bo‘ylaridagi chiqindilar yig‘ishtiriladi. Shu bilan birga, maktablar, bog‘chalar, tibbiyot muassasalari, ko‘p qavatli uylar atrofi va jamoat joylarida ham obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Hashar tadbirlarida mahalla faollari, yoshlar, nuroniylar, turli tashkilot va muassasalar xodimlari bilan bir qatorda Termiz tuman Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etdi. Deputatlar mahallalardagi obodonlashtirish ishlarida bevosita qatnashib, hududlarni tartibga keltirish, chiqindilarni yig‘ishtirish va yashil maydonlarni parvarishlashda o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Bunday tadbirlar mahallalarning ko‘rinishini yaxshilab, aholi o‘rtasida birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Natijada Termiz tumanidagi mahallalar yanada tartibli, ozoda va chiroyli qiyofa kasb etmoqda.

Slide 1 of 6