Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Yo‘l xaritalari” ijrosi: ishlab chiqarish loyihasi o‘rganildi.

Yo‘l xaritalari” ijrosi: ishlab chiqarish loyihasi o‘rganildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” doirasida Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi manzilli o‘rganilmoqda.

 Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati K.Abdullayeva,kotibiyat mudiri A.Avliyakulov hamda bosh mutaxassis T.Murodov tumandagi “Bunyodkor” mahallasida joylashgan “Termiz yog‘” MChJda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 

 Mazkur korxonada un mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qurilish va tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

 Hozirgi kunda qurilish ishlari davom etayotgani, loyiha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani qayd etildi. Shuningdek, kelgusida korxonada yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgani ta’kidlandi.

️ O‘rganish jarayonida ishlar belgilangan rejaga muvofiq olib borilayotgani, barcha ishlar joyida va yaxshi sur’atlarda davom etayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 7