Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Kuni kecha “Butunjahon suv resurslari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan hamda Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi hamkorligida O‘zbekiston milliy universitetida “Suv –hayot manbai” mavzusida tashkil etilgan davra suhbati suv resusrlarilan oqilona va samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbirda Senatning Agrar suv xo’jaligi masalalari va ekologiya qo’mitasi raisi o’rinbosari, senator Sayyora Abdikarimova, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, universitetning professor o’qituvchilari R.Allaberdiyev, Sh.Ziyadov ma’ruza bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, ekologiya sohasi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, ichimlik suvi zaxiralarini asrab-avaylash, suv tanqisligining oldini olish, suvni tejash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotganishlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Bunday tadbirlar aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, suv resurslarini asrab-avaylashga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etish hamda kelajak avlod uchun sog‘lom va barqaror ekologik muhitni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Slide 1 of 7