Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Yoshlar bilan ochiq muloqot

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️Yoshlar bilan ochiq muloqot: dolzarb masalalar muhokama markazida

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova Yangi asr universiteti talabalari ishtirokida “Erta nikohni oldini olish” hamda “Bola huquqlari” mavzularida davra suhbati o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqot ruhida tashkil etilib, unda ularning huquqiy savodxonligini oshirish va ijtimoiy faolligini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

📝 Tadbir davomida deputat tomonidan erta nikohning salbiy oqibatlari, uning kelib chiqish sabablari hamda oldini olish bo‘yicha samarali choralar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida ta’limning ahamiyati, hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, oilaviy mas’uliyatni anglash va shaxsiy rivojlanish masalalari keng yoritildi. Ta’kidlanganidek, erta nikoh nafaqat oilaviy, balki jamiyat taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi muhim muammo bo‘lib, uni bartaraf etishda davlat, ta’lim muassasalari va jamoatchilikning hamkorligi muhim ahamiyatga ega.

🔎 Davra suhbati jarayonida bola huquqlarining asosiy yo‘nalishlari — yashash va rivojlanish, ta’lim olish, himoyalanish, fikr bildirish hamda oilada tarbiya topish huquqlari alohida tushuntirib berildi. Talabalar bilan savol-javoblar tashkil etilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

📉 Mazkur uchrashuv Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy ifodasi bo‘ldi. Xususan, yoshlar bandligi, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, sport va ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish kabi yo‘nalishlar yuzasidan tizimli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

🗣 Yoshlar bilan bunday ochiq va samimiy muloqotlar ularning muammolarini bevosita o‘rganish, takliflarini inobatga olish hamda kelajakda yanada samarali qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari)

Slide 1 of 8