Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
“Yoshlar kuni” munosabati bilan tumandagi tadbirlar

             Yurtboshimiz tashabbusi bilan haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangani munosabati bilan tumanimizda “Yoshlar bilan ishlash kuni” doirasida qator tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda tuman hokimi, tuman Kengashi deputati X. Latipov, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh. Hayitoxunov, tuman va viloyat Kengashlari deputatlari Q. Qo‘ziyev, A. Qurbonov, I. Jo‘rayev, B. Bozarova, Sh. Abdug‘ofurov hamda boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etdilar. Tadbir davomida deputatlar yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning murojaat va takliflarini tingladilar. Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.
Shuningdek, mahallalardagi ishsiz yoshlar ishtirokida “Bandlik va imkoniyat” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda tuman Kengashi deputati Q. Qo‘ziyev yoshlar bilan muloqot qilib, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, mavjud imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanish muhim ekanini ta’kidladi. “Yoshlar kuni” munosabati bilan tumanda “Hokim kubogi” sport musobaqalarining tuman bosqichi ham o‘tkazildi. Musobaqalar shaxmat, shashka, stol tennisi va futbol sport turlari bo‘yicha tashkil etilib, yoshlar bellashuvlarda faol ishtirok etdilar.
  

Slide 1 of 9