Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
PQ-454-sonli qaror ijrosi: 22-sonli maktabdagi mukammal ta’mirlash ishlari o‘rganildi

PQ-454-sonli qaror ijrosi: 22-sonli maktabdagi mukammal ta’mirlash ishlari o‘rganildi

💬O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025–2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-454-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2025-yilda Surxondaryo viloyatida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli dasturda Qiziriq tumani “Navro‘z” mahallasidagi 22-sonli umumta’lim maktabini to‘liq mukammal ta’mirlash ishlari belgilangan.

💠Mazkur dastur doirasida yakunlangan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida “Navro‘z” saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Umirov Komil Bahodirovich 22-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldi.

🫥Tashrif davomida maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, ta’mirdan chiqarilgan sinf xonalari hamda ta’lim jarayoni uchun ta’minlangan jihozlar bilan tanishildi. O‘rganish jarayonida amalga oshirilgan ishlar natijasida o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhiti yaratilgani ta’kidlandi.

✅Tanishuv yakunida maktabda olib borilgan mukammal ta’mirlash ishlari sifatli amalga oshirilgani, o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani qayd etildi. O‘rganish jarayonida jiddiy muammo va kamchiliklar aniqlanmadi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 8