Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Yoshlar muammolari muhokama qilindi

Yoshlar muammolari muhokama qilindi 

 

Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishida yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratilib, har haftaning payshanba kuni — “Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi.

 Shu munosabat bilan kuni kecha, shahrimizdagi 17 umumta’lim maktabida uchrashuv tashkil etildi.

 Tadbirda Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputatlari D.Rustamova, M.Sidiqova, shahar hokimining o‘rinbosari oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova, shahar IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Do‘sanov , viloyat IIB vakili, tegishli mas’ullar hamda ota-onalar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida bugungi kunda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishlari lozimligi, ular o‘rtasida jinoyatchilikni va turli huquqbuzarliklarni oldini olish, odob-axloq qoidalari va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

 Shuningdek, ishtirokchilarga Prezidentimizning 2026 yil 5-yanvardagi Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1 sonli Qarorining mohiyati tushuntirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan maxsus tayyorlangan video rolik namoyish etildi.

Slide 1 of 7