Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
"Yuqori Beshqo‘rg‘on" mahallasida aholi murojaatlari va mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva hamda kotibiyat mudiri Davronbek Raxmatullayev tomonidan Olmazor tumani “Yuqori Beshqo‘rg‘on” MFY hududida joylashgan "Koshona" ko‘chasida aholi murojaatlari o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar uchun qulay sharoitlar yaratish, hududni obodonlashtirish hamda umumiy xavfsizlikni ta’minlash masalalari ko‘tarildi. Deputatlar joyiga chiqib, mavjud holatni ko‘zdan kechirdi va muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Shaxnoza Umarxodjayeva o‘z nutqida aholi turmush farovonligini oshirish, qulay va xavfsiz infratuzilma yaratish mahalliy vakillik organlarining ustuvor vazifalaridan biri ekanini qayd etdi. Bildirilgan murojaatlar asosida tegishli tartibda mas’ul idoralarga so‘rovlar yuborilishi hamda masalalar deputatlik nazoratiga olinishi ma’lum qilindi.

Mazkur o‘rganish ishlari hududni yanada obod qilish, aholiga munosib yashash sharoitlarini yaratish va fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 8