Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Ta’lim muassasalarida ekologik madaniyatni yuksaltirish — barqaror kelajak asosi

 10-“Marmarobot” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari shahar Kengashi deputati G.Raxmatova
hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi shahar kengashi raisi O.G‘afforov hamkorligida 1-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida
ekologik yo‘nalishdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
 

Tadbirda maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni asrash, yashil hududlarni kengaytirish
hamda bolalarga ekologik tarbiyani singdirishda pedagog xodimlarning o‘rni muhim ekani ta’kidlandi.

Deputat G.Raxmatova o‘z chiqishida ekologik tarbiya aynan bog‘cha yoshidan boshlanishi zarurligini, buning uchun esa eng avvalo
tarbiyachi va xodimlarning o‘zlari namuna bo‘lishi lozimligini qayd etdi.
O. G‘afforov esa ta’lim muassasalarida “yashil muhit”ni yaratish, chiqindilarni saralash, daraxt ekish kabi tashabbuslarni muntazam
yo‘lga qo‘yish dolzarb vazifa ekanini ta’kidladi.
 

Uchrashuv davomida xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ekologiya sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, amaliy takliflar bildirildi.
Yakunda bunday hamkorlikdagi tadbirlar ta’lim muassasalarida ekologik mas’uliyatni kuchaytirishga, kelajak avlodni tabiatga mehr ruhida tarbiyalashga xizmat
qilishi qayd etildi.
  

Slide 1 of 2