Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar e’tiborida

Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar e’tiborida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025- yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori bilan belgilangan tartib asosida deputatlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-386-sonli qarorini ta’minlash maqsadidagi "Takiya ota" ziyoratgohini zarur infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha loyihasi nazorati uchun biriktirilgan 4-Zarobod saylov okrugidan saylangan deputat K.Muhammadiyev tomonidan loyiha asosidagi ishlar ko‘rib chiqildi. 

O‘rganish davomida ob’ektda loyiha asosida ishlar amalga oshirilayotganligi va qo‘shimcha loyihalash ishlari olib borilayotganligi aniqlandi. Amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar belgilangan tartibda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatiga taqdim etildi. 

Mazkur loyihaning bajarilishi doimiy ravishda deputatlik nazoratiga olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 4