Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Jamoatchilik kengashi faoliyati: hamkorlik va samarali boshqaruv sari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti huzuridagi Jamoatchilik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur Kengash universitet faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, jamoatchilik fikrini tizimli tahlil qilish hamda sog‘lom va samarali ishchanlik muhitini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Jamoatchilik kengashi tarkibi davlat va jamoat tashkilotlari, ta’lim muassasalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillaridan shakllantirilgan bo‘lib, uning faoliyatida xolislik, ochiqlik va jamoatchilik manfaatlarining ustuvorligi asosiy tamoyil sifatida belgilangan.

Ushbu yig‘ilishda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova ishtirok etib, Jamoatchilik kengashining a’zosi etib qabul qilindi.

Shuningdek, yig‘ilishda Kengash nizomi tasdiqlandi hamda uning faoliyat yo‘nalishlari, ish tartibi, maqsad va vazifalari yuzasidan taqdimotlar orqali batafsil ma’lumot berildi.

Slide 1 of 6