Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Saylovchilar bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati

Pardayev Alisher Ochilovich, tuman kengashi deputati I.Xalmatovlar tumandagi 33-sonli maktabda o'z saylovchilari bilan uchrashuv o'tkazdilar.


Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.


Mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda, mahallada mavjud muammolarni hal etish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda deputatlar va mahalla yettiligi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.


Uchrashuv Viloyat Kengashi deputati Pardayev Alisher Ochilovich tomonidan mahallada uchrayotgan ayrim muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, aholi murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirilib, mahalladagi ishlarni yanada faollashtirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish hamda mavjud masalalarga tizimli yondashuv asosida yechim topish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. 

Slide 1 of 4