Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 "Biz uchun har bir ekilgan ko‘chat nafaqat hisobot, balki ertangi hosildorlik va toza havo demakdir. Shu sababli, «ekdik-ketdik» qabilida ish tutishga haqqimiz yo‘q," — dedi Shavkatjon Muqumov. 

  Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati Shavkatjon Muqumov ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi muhokama aynan dala chetlariga
daraxtlar ekish va loyiha ijrosini ta’minlash masalasiga bag‘ishlandi. 

  Muhokama davomida deputat dala chetlariga ekiladigan daraxtlarning qishloq xo‘jaligidagi strategik ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Ma’lumki, ihota daraxtzorlari shamol tezligini kamaytirish orqali tuproq yemirilishining oldini oladi va ekinlarning rivojlanishi uchun qulay mikroiqlim yaratadi.  

  Tadbir davomida faqat rejalar belgilab olinmay, balki ularning ijro mexanizmi ham muhokama qilindi. Har bir hududning tuproq-iqlim
sharoitiga mos keluvchi manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini tanlash, ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish tizimiga bog‘lash va har bir daraxtga
mas’ullarni biriktirish, dala chetlarida yashil belbog‘lar tashkil etishda fermer xo‘jaliklari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish.  

Slide 1 of 3