Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Tuman va viloyat deputatlari navbatdagi uchrashuvini O‘ray-Elipok mahallasida o‘tkazdi

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyat mudiri B. Hamroyev, viloyat Kengashi deputati M. Sayfiddinova, tuman Kengashi deputati F. Siddiqov hamda tuman hokimligining nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, “To‘y marosimlarini o‘tkazish” Kengashi raisi Q. Hojiqulovlar ishtirokida O‘ray-Elipok mahallasida mahalla yettiligi va mahalla fuqarolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida to‘y va boshqa marosimlarni ixcham va tejamkor o‘tkazish, mahallada yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, turli zararli oqimlar hamda giyohvandlikka qarshi kurashish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, mahalla fuqarolarining murojaatlari o‘rganilib, hududdagi tibbiyot punkitiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida aholiga bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanishi, tibbiy xizmatlar sifati va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati bilan tanishildi.

Mazkur tadbirlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ijtimoiy muammolarni joyida hal etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratildi.

Slide 1 of 7