Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Bugun, 9-fevral – "shams ul-millat" — millat quyoshi tavallud topgan kun! Alisher Navoiy tavalludiga 585 yil to‘ldi.

 Buyuk mutafakkir va davlat arbobi, so‘z mulkining sultoni Alisher
Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Romitan tuman
Kengashi deputatlari 2-A.Navoiy saylov okrugi deputati Avezova Lola Obidovna,
3-Afrosiyob saylov okrugi deputati Musayeva Shoxista Axadovna hamda O’zbekiston
“Adolat” SD partiyasining tuman Kengashi raisi Temirova Niginabonu
Baxtiyorovnalar shoir tavallud kuni munosabati bilan 1- Davlat maktabgacha ta’lim
tashkilotida bo’lib o’tgan ertalik mashg’uloti shoir g’azallariga, hikmatlariga
bag’ishlandi.   

So’z mulkining sultoni, zullisonayn shoir Mir Alisher Navoiy hazratlari
qoldirgan ma’naviy meros – bu faqat adabiyot emas, balki butun bir hayot maktabi,
insonni komillikka yetaklovchi ulkan ma’rifiy xazinadir. U zotning har bir misrasi,
har bir so’zi olam-olam ma’noni o’zida jam etgan bo’lib, zamonlar o’tsa-da, o’z
ahamiyatini yo’qotmay kelmoqda. 

Navoiy hazratlarining quyidagi mashhur bayti bunga yorqin misoldir: 

  

Odamiy ersang, demagil odami, 

Onikim, yo’q xalq g’amidin g’ami.  

  

 Bolajonlar tarbiyachilari rahbarligida
shoir g’azallaridan yod o’qidilar.  

 Maroqli o’tgan tadbir bolajonlar
xotirasida muhrlanib qolmog’i muqarrar!  

Slide 1 of 1