Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Hududlarga tashrif: mahalla yettiligi faoliyati va aholi muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari viloat Kengashi deputati B.Gapparov, Tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov hamda tuman Kengashi deputati G.Shafoatova saylangan hududdagi Yangi hayot Mahalla hududida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi — deputatlar tomonidan mahalla yettiligi faoliyati, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, fuqarolar murojaatlari hamda infratuzilma masalalari joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi. 

Tashrif davomida hududdagi mavjud muammolar, jumladan ta’mirtalab obyektlar va obodonlashtirishga oid masalalar ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi hamda aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shu bilan birga, murojaatlar ijrosini doimiy nazoratga olish, hududda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muammolarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Kelgusida ham mahallalarda joyiga chiqib o‘rganishlar tizimli davom ettirilishi, fuqarolar bilan ochiq muloqotlar orqali muammolarni tezkor va samarali hal etish asosiy vazifa etib belgilandi.

Slide 1 of 7