Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Deputatlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasida faol ishtirok etdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari A.Avliyakulov, Sh.Norsayev, G.Shafoatova va K.Abdullayevalar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilgan navbatdagi ekologik aksiyada faol qatnashib, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish hamda atrof-muhitni asrashga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Aksiya davomida ijtimoiy soha obyektlari, mahalla hududlari va jamoat joylarida turli manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Tadbir jarayonida hududni obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda kelajak avlod uchun sog‘lom va toza muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputatlar tomonidan ekilgan daraxtlar nafaqat hudud ko‘rinishini yanada chiroyli qilish, balki havoni tozalash va ekologik muvozanatni saqlashga ham xizmat qilishi ta’kidlandi.

Aksiya davomida yoshlar va mahalla faollari ham faol ishtirok etib, birgalikda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Tadbir yakunida bunday ekologik tashabbuslarni muntazam davom ettirish, daraxtlarni parvarishlash hamda yashil hududlarni kengaytirish muhim ekani qayd etildi.

Slide 1 of 6