Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Do‘stlik mahallasida mahalla yettiligi hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Nargiza Zafarova Do‘stlik mahallasida mahalla yettiligi hamda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida aholi tomonidan bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Jumladan, O‘ng sohil, Murabbiylar va Navqiron ko‘chalariga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, Mirishkor, Ravnaq va Turon ko‘chalarini asfaltlash, shuningdek, o‘quvchilar xavfsizligi uchun Ravnaq va Mirishkor ko‘chalarida piyodalar yo‘laklarini qurish bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

Shu bilan birga, mahallani oqava suv tarmog‘i bilan ta’minlash masalasi yuzasidan “O‘zsuvloyiha” AJ loyihachisi M.Sobirov hamda viloyat suv boshqarmasi vakili G‘.Xoljigitov bilan ushbu ishlarni amalga oshirish bo‘yicha maslahatlashuvlar olib borildi.

Shuningdek, deputat va mahalla raisi O. Ismoilov tomonidan mahallada qurilayotgan onkologik shifoxonaning bugungi holati joyida o‘rganildi.

Murojaatlar va ko‘tarilgan masalalar deputat nazoratiga olinib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4