Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – BARCHAMIZNING BURCHIMIZ

 “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi –
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchilikni tushuntirish, aholining huquqiy ongini oshirish, bu illatga qarshi kurashish borasida jamoatchilik faolligini ta’minlashdan iborat bo‘ldi. 

Yig‘ilishda tuman hokimi O.Mavlyanov, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi raisi A.Turdiyev, tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Xujanov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va
xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Tavasharov, tuman prokurori o‘rinbosari X.Eshqurbonov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman korxona va tashkilotlari rahbarlari hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdilar. 

Tadbir davomida tuman prokurori o‘rinbosari X.Eshqurbonov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik
masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Tavasharovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, unda belgilangan asosiy tushunchalar, korrupsiya holatlari va ularning
oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Qonunda nazarda tutilgan javobgarlik turlari, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish mexanizmlari, davlat xizmatchilarining axloqiy kodeksi va boshqa dolzarb jihatlar real
misollar asosida tushuntirib o‘tildi.  

Slide 1 of 7