Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Murojaatnoma — barqaror taraqqiyot va farovonlik kafolati

 Murojaatnoma — barqaror taraqqiyot va farovonlik kafolati 

Bugun, 23-yanvar kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi
Xorazm viloyat hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasi: barqaror taraqqiyot va farovonlik kafolati”
mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
 

Tadbirda fuqarolik jamiyati institutlari, NNT, siyosiy partiyalar va ularning deputatlari, UrDU faol yoshlari hamda professor-o‘qituvchilar
ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar tomonidan Murojaatnoma markazida inson qadri, ijtimoiy adolat va barqaror rivojlanish masalalari turgani, iqtisodiy o‘sish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari ekani ta’kidlandi.
 

Shuningdek, 2026-yildan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha besh yillik strategiya ishlab chiqilishi eʼlon qilingani, ijtimoiy buyurtmalar tizimi raqamlashtirilib, moliyalashtirish hajmi oshirilishi belgilangani alohida qayd etildi.  

Tadbir yakunida ishtirokchilar Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, aholi xabardorligini oshirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan unda belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashishdi. 

Ushbu tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Qo'chqarov faol ishtirok etdi.  

Slide 1 of 10