Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatiga tashrifi yuzasidan

Kuni kecha Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifi yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning izchil davom etayotganining amaliy dalili bo‘ldi. Davlatimiz rahbari hududdagi sanoat, ijtimoiy soha, mahalla infratuzilmasini ko‘zdan kechirib, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan katta vazifalarni belgilab berdi.

Tashrif davomida ishlab chiqarish korxonalarida yaratilayotgan imkoniyatlar, mahallalardagi real holat, kommunal infratuzilma masalalari tahlil qilinib, tegishli rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi. Bu — Sirdaryo viloyatining yangi bosqichdagi taraqqiyoti uchun muhim qadamdir.

Deputat sifatida biz ham ushbu topshiriqlar ijrosida faol bo‘lib, hududimizdagi har bir loyiha, har bir islohot, har bir o‘zgarish amalda natija berishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Aholi manfaatiga xizmat qiladigan har bir tashabbus — bizning ustuvor vazifamizdir.

Prezidentimiz belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlar bizdan mas’uliyat, tashabbuskorlik va natijadorlikni talab qiladi.

Biz albatta bu ishonchni oqlaymiz.

Deputat, Ibadullayev Axrorjon Abduaxadovich.

Slide 1 of 1