Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Farzandlar ta’limi va xavfsizligi — doimiy deputat nazoratida

 Farzandlar ta’limi va xavfsizligi — doimiy deputat nazoratida

  Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Usmonali Aliqulov Uzun tumanidagi bir qator ta’lim muassalarida o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonining samaradorligi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘rgandi.

 O‘rganish davomida deputat sinf xonalari, issiqlik tizimi, yoritish vositalari, sport va ovqatlanish zallarida olib borilgan ta’mirlash va modernizatsiya ishlari bilan tanishib chiqdi. Shuningdek, o‘quvchilarning darsga qatnash holati, o‘qituvchilarga yaratilgan mehnat sharoitlari hamda o‘quv muassasalarining xavfsizlik tizimi ham ko‘zdan kechirildi.

 Deputat tumandagi 30-50-sonli umumta'lim maktablar hamda 19-MTMda yaratilgan imkoniyatlarni ijobiy baholab, ayni paytda qish mavsumida uzluksiz ta’lim jarayonini ta’minlash, isitish tizimlarining barqaror ishlashini nazorat qilish, hamda o‘quvchilarning salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.

 O‘rganish jarayonida deputatlar pedagoglar bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlari bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish rejalashtirildi.

 Usmonali Aliqulov ta’kidlaganidek, “Yosh avlodning ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoit yaratish — bu nafaqat mahalliy hokimiyat, balki har bir deputatning ham mas’uliyatli vazifasidir.”

Slide 1 of 1