Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ САЙЛАЎШЫЛАРЫ МЕНЕН УШЫРАСТЫ
янв.21
#Бир_мәҳәлле_бир_баслама_акциясы
янв.21
Kitap oqıw mádeniyatın rawajlandırıw boyınsha ámeliy jumıslar úyrenildi.
янв.21
Пуқаралардың мүрәжаты тыңланды
янв.21
"Депутат мәҳәлледе”
янв.21
БПШ: "Инсан социаллық орайы" басланғыш партия шөлкеми баслығы есабат берди
янв.21
Депутат ҳәм сайлаўшылар ушырасыўы өткерилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
Қарақалпақстанның раўажланыўы жолындағы әҳмийетли қарарлар түсиндирилди
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
Birlik ko`chasidagi ko`p qavatli uylarda aholi uchun qulaylik yaratilmoqda!

 Neftchilar mahallasida aholi turmush sharoitini yaxshilash, qulay va shinam muhit yaratish yo`lida amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Bu galgi xayrli tashabbus Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Farida Abdullaevaning bevosita ko`magi va tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbus doirasida Birlik ko`chasida joylashgan ko`p qavatli uylar aholisi uchun yangi eshik va romlar yetkazib berildi. Bu ishlar fuqarolarning murojaat va takliflari asosida, ularning kundalik ehtiyojlarini inobatga olgan holda tashkil etildi. Yangi eshik va romlar o`rnatilishi nafaqat uylarning tashqi ko`rinishini chiroyli va zamonaviy ko`rinishga keltiradi, balki issiqlikni saqlash,
energiya tejamkorligini ta`minlash va yashash sharoitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa aholining barqaror turmushi va iqtisodiy tejamkorligiga ham hissa qo`shadi.
Ta`kidlash joizki, o`rnatish ishlari malakali mutaxassis ustalar tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshirilmoqda. Bunda xavfsizlik, sifat va qulaylik kabi muhim omillarga alohida e`tibor qaratilgan. Deputat F.Abdullaeva ta`kidlaganidek, bu kabi amaliy ishlar mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va uy-joy fondlarini yaxshilash ishlarining navbatdagi bosqichi hisoblanadi. 

 “Bugun mahallamiz aholisi uchun qulay, shinam va zamonaviy yashash muhitini yaratish — biz uchun ustuvor vazifa. Har bir fuqaroning murojaati va ehtiyoji e`tiborsiz qolmaydi. Hamjihatlik va hamjamiyatlik bilan birgalikda Neftchilar mahallasida yanada farovon hayot sari
dadil qadam tashlamoqdamiz”, — dedi deputat F.Abdullaeva.
Mazkur tashabbus nafaqat moddiy sharoitlarni yaxshilash, balki aholi o`rtasidagi birdamlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda. Zero, obod va farovon mahalla — har bir fuqaroning baxti va quvonchi manbaidir.  

Slide 1 of 2