Yangiliklar

OLVALIZOR” MAHALLASIDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

OLVALIZOR” MAHALLASIDA “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Namangan shahrining “Olvalizor” mahallasida yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda murojaatlarini hal etish maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov, shahar prokurori Qodirxon Asqarov, shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Bahromjon Orziboyev, mahalla faollari, yoshlar hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etdilar.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, bildirilgan murojaatlar mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.

Ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va san’atga keng jalb qilish, sifatli ta’lim olishi hamda kasb-hunar egallashi uchun zarur sharoitlarni yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida yoshlar bilan ochiq muloqotlarni muntazam davom ettirish hamda bildirilgan taklif va murojaatlarning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

24 talik tavsiyaning yoshlar murojaatlari va ularning muammolarini o‘rganish, zarur masalalarni mahalliy Kengash sessiyasiga kiritish bilan bog‘liq 24-yo‘nalishi ushbu faoliyat uchun mazmunan mos keladi.

Slide 1 of 6