Yangiliklar

#Deputatlik_soʻrovi_yuborildi

#Deputatlik_soʻrovi_yuborildi

🏛 XALQ DEPUTATLARI QO‘SHKO‘PIR TUMANI KENGASHI
📌 DEPUTATLIK SO‘ROVI
📅 2026-yil 22-oktabr
🔢 147-ds-468-26-son
💡 “GULZOR” MAHALLASIDA TUNGI YORITISH CHIROQLARI O‘RNATILISHI SO‘RALDI
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Sattarova Dinora Jumanazarovna tomonidan fuqarolar murojaati asosida deputatlik so‘rovi yuborildi.
O‘rganish davomida “Gulzor” mahallasidagi A. Qahhor ko‘chasida joylashgan 52 ta xonadonda yashovchi fuqarolar ko‘chada tungi yoritish chiroqlari mavjud emasligi sababli kechki vaqtlarda harakatlanishda noqulayliklarga duch kelayotgani aniqlandi.
Shu munosabat bilan “Xorazm elektr tarmoqlari” ochiq aksiyadorlik jamiyati Qo‘shko‘pir tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i S.S. Yusupovga mazkur masalani atroflicha o‘rganish, ko‘rilgan choralar hamda muammoning yechimi yuzasidan asoslantirilgan yozma tushuntirish berish so‘raldi.
📌 Qonunchilik talabiga ko‘ra, deputatlik so‘roviga 10 kun ichida javob berilishi belgilangan.
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni hal etish va aholi uchun qulay sharoit yaratish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Fuqarolar manfaatlari — bizning ustuvor vazifamiz!

Slide 1 of 1