Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARX-NAVOSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari O. Aliqulov hamda G. Qorayeva tomonidan Shodlik mahallasi hududida joylashgan savdo do‘konlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida aholi kundalik iste’moli uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, savdo rastalaridagi mavjudligi hamda aholiga taklif etilayotgan mahsulotlar assortimenti bilan tanishildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash holatini kuzatish, narxlar barqarorligini o‘rganish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

Slide 1 of 2