Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G. Islamova hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri N. Turdiyev tomonidan Ahillik mahallasining Turkiston ko‘chasida istiqomat qiluvchi faol fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, hududni obodonlashtirish hamda aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish masalalari muhokama qilindi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar fikrini o‘rganish hamda mahallalarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2