Yangiliklar

Kanalizatsiya tarmog‘ini ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tumanning “Do‘stlik” mahallasining Do‘stlik ko‘chasida olib borilayotgan kanalizatsiya tarmog‘ini ta’mirlash ishlarini o‘rgandi.

🔵O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylar aholisi uchun muhim bo‘lgan kanalizatsiya tizimining texnik holati, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

🔵Kanalizatsiya tarmoqlarining soz ishlashi aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish hamda hududning ekologik holatini saqlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, ko‘p qavatli uylar hududidagi tarmoqlarni muntazam nazorat qilish, nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ta’mirlash ishlarini sifatli tashkil etish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

🔵Shuningdek, kanalizatsiya tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish, oqova suvlarning to‘planishi yoki tashqariga sizib chiqishi bilan bog‘liq holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1