2026-yil 16-oktabr kuni хalq deputatlari viloyat Kengashining 35-sessiyasida qabul qilingan VII-35-92-2-0-K/26 qaror bilan tuman (shahar)larda yashovchi yana 1598 nafar fuqaroning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlari eʻtirof etildi.
Natijada Jondor tumani boʻyicha oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ulardagi qurilmalarga nisbatan huquqlari tan olingan fuqarolar soni 2310 nafarga yetdi.