➡️1-son texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputat nazoratida
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati G‘. Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Zarafshon” mahallasi hududida joylashgan 1-son texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
➡️O‘rganish davomida ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratish, isitish tizimining sozligi va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.
➡️Deputat G‘. Hamroyev ta’lim muassasasida mavsumga tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berdi.
➡️Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — ta’lim muassasalarida munosib sharoit yaratish va o‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlashdir.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt