#deputat_nazorati
#24_ta_tavsiya
#deputat_yon_daftari
MAHALLA YO‘LLARI HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Mamanova Toshkent mahallasida bo‘lib, ichki yo‘llarning holati va hududdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida mahalla ichki yo‘llarining holatiga e’tibor qaratilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla fuqarolari bilan suhbat davomida hududni obod saqlash, ko‘chalar va xonadonlar atrofini ozoda tutish, tozalik va obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Mahallada tozalikni saqlash va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish har bir fuqaroning mas’uliyati ekanligi ta’kidlandi.