Yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI

#19_1_modda
#doimiy_komissiya

DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026-yil 20-oktabr kuni tegishli qaror qabul qilindi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 23-sentabrdagi PF–206-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda mahallalar rolini kuchaytirish hamda hududlarning yashillik darajasini oshirishga qaratilgan.

Qaror bilan Paxtakor tumanining 2026-yil kuzgi mavsumi uchun “Yashil dastur”i tasdiqlandi. Dastur doirasida yashil maydonlarni kengaytirish, daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, mahallalarda yashil hududlarni rivojlantirish hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 1