Yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga kelib tushgan deputat so‘roviga javoban, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga bir martalik mukofot puli to‘lash tartibi tushuntirildi.

#Deputat_so‘rovi_ijrosi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga kelib tushgan deputat so‘roviga javoban, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga bir martalik mukofot puli to‘lash tartibi tushuntirildi.

Javob xatida qayd etilishicha, ushbu mukofot umumta’lim maktablari xodimlariga Direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini esa Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi 10-son qarorida belgilangan tartib asosida, tashkilotning rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish mumkin.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini yagona tartibda moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy etish yuzasidan tegishli vazirlikka taklif kiritilgani ma’lum qilindi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 1