Yangiliklar

“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA SPORT MAYDONCHASI TA’MIRLANMOQDA

#deputat_nazorati
#deputat_faoliyati

“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA” DASTURI DOIRASIDA SPORT MAYDONCHASI TA’MIRLANMOQDA

Xalq deputatlari Paxtakor tumani kengashi deputati I.Yakubov hamda tegishli mutasaddi rahbarlar nazorati ostida Paxtakor tumani Buyuk Ipak yo‘li mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida bolalar sport maydonchasini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar mahalla hududini obodonlashtirish, bolalar uchun qulay va xavfsiz sport muhitini yaratish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, bolalarning sport bilan shug‘ullanishi, jismoniy faolligini oshirishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yanada qulay sharoit yaratiladi.

Slide 1 of 3