Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati M. Murzametova tomonidan “Ahilobod” mahallasidagi 13/64-uy hududida mini futbol maydonini barpo etish ishlari o‘rganildi.
🏗Ayni paytda hududda yoshlar uchun mo‘ljallangan mini futbol maydonini tashkil etish ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, mazkur tashabbus mahalla yoshlarining sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.
⚽️Yangi sport maydonchasi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda yoshlar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
👥Deputat tomonidan o‘rganish davomida ishlarning borishi, hududni obodonlashtirish va sport maydonidan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, maydonning sifatli va belgilangan talablar asosida barpo etilishi muhimligi ta’kidlandi.
📌Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni fuqarolarning, ayniqsa, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutadi.