Yangiliklar

QO‘SHCHINOR HUDUDIDAGI QURILISH VA KADASTR MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Yu. Ibragimov tomonidan “Qo‘shchinor” hududida qurilish va kadastr masalalariga bag‘ishlangan muloqot o‘tkazildi.

🗣️Muloqotda shahar arxitektura va qurilish boshqarmasi boshlig‘i hamda tuman bosh arxitektori ishtirok etib, hududdagi mavjud muammolar, ayrim ko‘chalarning qiyofasini yaxshilash, qurilish va obodonlashtirish ishlarini tartibga solish hamda kadastr masalalari muhokama qilindi.

🔎Shuningdek, ayrim ko‘chalarda mavjud holatni yaxshilash, hududni zamonaviy shaharsozlik talablariga moslashtirish va aholi uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

⚖️Mazkur masalalar O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi talablari asosida ko‘rib chiqilib, unda hududlardan foydalanish va qurilish jarayonlari tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi belgilangan.

Slide 1 of 1