MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARI UCHUN TEST SINOVI O‘TKAZILMOQDA
🏛 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari ishtirokida mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan sotsiologik tadqiqot doirasida test sinovi tashkil etildi.
Test jarayonida deputatlarga mahalliy vakillik organlari faoliyati, deputatlik vakolatlari va Kengashlar ishini tashkil etish bilan bog‘liq savollar taqdim etilmoqda.
Tadqiqot mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, vakillik hokimiyati mustaqilligini ta’minlash va mavjud boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
📌 Test natijalari umumlashtirilgan holda tahliliy hamda amaliy vazifalarni hal etishda foydalanilishi ko‘zda tutilgan.