Yangiliklar

NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI SAYYOR UCHRASHUVLAR JARAYONINI BOSHLADILAR

NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI SAYYOR UCHRASHUVLAR JARAYONINI BOSHLADILAR

🏛 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov tomonidan yuborilgan xabarnomaga muvofiq, joriy yilning 20-oktabr kuni soat 10:00 da Namangan shahar hokimligining 4-qavat kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi topshirig‘iga asosan tegishli mas’ul xodimlar tomonidan har bir deputat bilan suhbat o‘tkazilishi belgilangan.

Ayni vaqtda mazkur jarayon boshlandi. Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari bilan belgilangan tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularning deputatlik faoliyati, saylov okruglarida olib borayotgan ishlari, fuqarolar bilan muloqotlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu jarayon mahalliy Kengash deputatlarining faoliyatini o‘rganish, vakillik organlari ishini yanada takomillashtirish va deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan.

📌 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi faoliyatida ochiqlik, mas’uliyat va samarali deputatlik nazoratini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 5