Yangiliklar

DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

#deputat_sorovi
#deputat_nazorati

DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Shodmonov Zoir tomonidan Bog‘ishamol mahallasida elektr simlariga yaqinlashib qolgan daraxt shoxlari masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘rovda daraxt shoxlarini tartibga keltirish, elektr ta’minoti xavfsizligini ta’minlash hamda aholi hayoti va xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olinib, hududda xavfsiz muhitni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 1