Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#24_ta_masala
#Haftalik_ish_rejasi
📌 “YOSHLİK” MAHALLASI FAOLIYATI O‘RGANILDI


🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 14-Yoshlik–Nurtepa saylov okrugi deputati N.Himmatova saylov okrugiga qarashli “Yoshlik” mahallasi raisi B.Xamroyevning faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalla faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

📋 Shuningdek, mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish va mavjud masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3