Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sabura Normetova hamda O‘zXDP Yunusobod tuman Kengashi raisi Muxlisa Qosimova tomonidan Yunusobod tumanidagi 479-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun moddalari ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🔇O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkiloti oshxonasida kamchiliklar aniqlandi.
🥗Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlariga rioya etilmayotgani, sanitariya-gigiyena talablarining buzilgani, mahsulotlar sifati va xavfsizligini ta’minlash borasida kamchiliklar mavjudligi kuzatildi.
✅Mazkur holat qonunning 7-moddasi (oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi talablari), 10-moddasi (markirovkalash talablari) va 12-moddasi (saqlash sharoitlari) talablariga zid ekanligi qayd etildi.
✅Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ul