Yangiliklar

#InsonQadri #IjtimoiyHimoya #Bandlik #HokimYordamchisi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Pulatova Zuhra Suyunovna tashabbusi bilan hududda aholi muammolarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy ko‘mak berishga qaratilgan amaliy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari shahar Kengashiga 12-okrugdan saylangan deputat  Z.Pulatova "O‘zbekiston" mahallasi hokim yordamchisi bilan birgalikda hududdagi xonadonlarda bo‘lib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Suhbat davomida aholini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka ko‘maklashish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Uchrashuv davomida deputat Z.Pulatova tomonidan ijtimoiy reestrda turuvchi, "O‘zbekiston" mahallasi  "Olchazor" ko‘chasi 30-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Toshqo‘ziyeva Dilafruzning oilaviy sharoitini yaxshilash bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslar ilgari surildi:
Fuqaro D.Toshqo‘ziyevani 7-sonli umumta’lim maktabiga texnik xodim vazifasiga ishga joylashtirish bo‘yicha mas’ullarga taklif berildi va ijrosi nazoratga olindi;
Deputat aralashuvi va tashabbusi bilan fuqaroning 2 nafar voyaga yetmagan farzandini ushbu mahallada joylashgan xususiy bog‘chaga bepul joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

El ishonchi va fuqarolar farovonligi yo‘lida deputatlik nazorati hamda ijtimoiy tashabbuslar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3