Yangiliklar

“Xavfsiz va ravon yo‘l” dasturi ijrosi o‘rganildi

🔵 Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari F.Axmedov va Y.Narbekov hamda kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning markazida “Xavfsiz va ravon yo‘l” tamoyili asosida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda inson xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning holatiga e’tibor qaratildi.

🔵Jumladan, umumta’lim maktabi oldida yo‘l harakati belgilarining o‘rnatilgani, piyodalar o‘tish joylari uchun yo‘l chiziqlari chizilgani hamda transport vositalari tezligini pasaytirishga mo‘ljallangan sun’iy notekisliklar o‘rnatilgani qayd etildi. Mazkur choralar maktab o‘quvchilarining yo‘ldan xavfsiz o‘tishi va haydovchilarning belgilangan tartibda harakatlanishiga xizmat qiladi.

🔵Shu bilan birga, ayrim chorrahalarda yo‘l chiziqlarining o‘chib ketgani aniqlandi. Ushbu holat yo‘l harakati qatnashchilari uchun noqulaylik tug‘dirishi hamda harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, chorrahalardagi yo‘l chiziqlarini qayta tiklash va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish belgilandi.

🔵Doimiy komissiya a’zolari tomonidan bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, yo‘l infratuzilmasidagi kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda aholi, ayniqsa, bolalar xavfsizligini ta’minlash masalalari 

Slide 1 of 6