Yangiliklar

MAHALLIY KENGASH FAOLIYATI

 “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablari asosida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini samarali tashkil etish, ish jarayonlarini takomillashtirish hamda ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida G‘ozg‘on shahrida o‘zaro tajriba almashish uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyati xodimlari hamda Nurota tumani Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirok etdi.

Muloqot davomida xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlarini amalga oshirish, sessiyalarni sifatli tashkil etish va o‘tkazish, hujjatlarni tayyorlash hamda rasmiylashtirish, deputatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kotibiyat ishini samarali yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

 Shuningdek, amaliyotda qo‘llanilayotgan samarali ish usullari yuzasidan fikr almashilib, mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro tajribalar o‘rtoqlashildi.

Qonun talablarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va samarali ish usullarini ommalashtirish — mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishning muhim omilidir.

Samarali Kengash — xalq manfaatiga xizmat qiladigan mas’uliyatli va natijador faoliyat demakdir!

Slide 1 of 2