Yangiliklar

TADBIRKORLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI

#deputat_nazorati
#162_ta_qonun_ijrosi

📌 TADBIRKORLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvoxidov tadbirkorlar faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida joylarga chiqib, ularning murojaatlari bilan tanishdilar.

Uchrashuv davomida tadbirkorlarning yer va bino-inshootlardan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yuzaga kelayotgan to‘siqlar, infratuzilma bilan bog‘liq masalalar hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Bildirilgan muammolarni qonunchilik doirasida hal etish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli mas’ullar bilan birgalikda ko‘rib chiqish va ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 3