#24_ta_masala
#8_band
#deputat_faoliyati
#okrugda_o'rganish
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Obikor" mahallasida yo‘l va elektr ta’minoti holati o‘rganildi
🫥Bandixon tumanida hududiy infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llar va kommunal tarmoqlar holatini o‘rganish hamda aholi murojaatlariga tezkor yechim topish borasida deputatlik nazorati choralari ko‘rilmoqda.
🫥Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 20-“Obikor” saylov okrugi deputati X.Salomov "Obikor" mahallasida bo‘lib, ko‘chama-ko‘cha yurgan holda o‘rganish ishlarini olib bordi.
🫥Tashrif davomida mahalladagi ichki yo‘llarning holati, asfaltlashtirish jarayonlari hamda elektr energiyasi ta’minoti infratuzilmasi ko‘zdan kechirildi.
🫥Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul idoralarga tegishli tavsiyalar berildi va deputatlik nazoratiga olindi.