Yangiliklar

4-BAND IJROSI: AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

4-BAND IJROSI: AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J. Ochilov tomonidan Mehnat mahallasida aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish yo‘nalishida mahalla hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida aholini ish bilan ta’minlash, ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tibor markazida bo‘ldi.
Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, fuqarolarning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Mazkur o‘rganishlar Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tavsiyalarining 4-bandi ijrosini ta’minlash, mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan.