Yangiliklar

35-maktabda sport zali qurilishi boshlandi

 35-maktabda sport zali qurilishi boshlandi

✅Turkman mahallasida joylashgan 35-sonli umumta’lim maktabida sport zali qurilishi boshlandi.

🌐 Mazkur loyiha “Tashabbusli budjet” jamg‘armasi doirasida g‘olib deb topilgan loyiha asosida amalga oshirilmoqda.

🌐 Yangi sport zalining qurilishi maktab o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Barchinoy Sadikova tomonidan mazkur qurilish ishlari deputatlik nazoratiga olindi.

🔎 Qurilish jarayonining borishi, ishlarning belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi va loyihaning sifatli bajarilishiga e’tibor qaratiladi.

🤩Maqsad — yoshlar uchun zamonaviy sport sharoitlarini yaratish va ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.